Bekobod shahrida deputat sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Joriyyil 3-Mart kuni Xalq deputatlari Bekobod shahri Kengashi 4-Paxtakor saylov ogrugidan saylangan deputat N.Babayevning sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Bekobod shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahri Kengashi deputatlar, Xalq qabulxonasi vakillari shuningdek, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida aholining ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid 31 ta murojaati tinglandi. Shundan 18 tasi joyida hal qilindi, qolgan 13 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.