Nurobod mahallasiga tashrif: muammolar joyida tahlil qilindi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov, shahar hokimi, deputat Dilfuza Kambarova va kotibiyat mudiri Mastura Salimovalar bilan birgalikda Nurobod mahallasiga ham tashrif buyurdi. Tashrif davomida hududdagi mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida hududni obodonlashtirish ishlari va 6-maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik holatini yaxshilash zarurligi aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha dastlabki choralar belgilandi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi. Ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi, bu tashrif mahallani rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlarning bir qismi sifatida amalga oshirildi.