Kecha 30-mart 2026-yil tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Sessiya ijtimoiy tarmoqda (facebookda “Parkent T. Deputatlar Kengashi”) online yoritildi. Sessiyada tumanimiz hayotiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Savol-javoblarga boy o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.