Aholi bandligi masalasi o‘rganildi!
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov hamda kotibiyat mudiri Mastura Salimovalar aholi bandligi masalalari yuzasidan keng qamrovli o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida hududdagi ishsizlik holati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda bu borada uchrayotgan muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Shirin_Kengash)