Shirin shahar Nurobod mahallasida deputat Dilfuza Kambarova boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli mas'ullar hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llar ta'miri, kadastr masalasi, imtiyozli kredit ajratish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Aksariyat murojaatlarga qabul jarayonidayoq yechim topildi. O‘rganish talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosini taʼminlash bo‘yicha muddatlar belgilandi.