Joriy yilning 7-yanvar kuni xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A.Karimovning hisoboti batafsil muhokama etilib, xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.