O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15- may kuni Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham muhim ustuvor vazifa topshiriqlar belgilab berildi. Ushbu topshiriqlarga asosan Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati M.Ochilova 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati,shuningdek yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishda tashkillashtirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarga ham ishtirok etdi.