Sessiya kun tartibiga Oʻzbekiston Respublikasining “Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Budjet kodeksining ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2024-yildagi ijrosi, viloyatda 2026-2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilish, taʼmirlash ishlari olib borilish, viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-133-sonli qarorining bajarilishi va boshqa bir qator dolzarb masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobot (axborot)lari tinglandi.
Sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar deputatlar tomonidan qizgʻin muhokamalar qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.