IV-Xalqaro investisiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning investisiyaviy siyosatini belgilab berdi. Forum nafaqat investisiyaviy muloqot maydoni, balki mamlakatning yangilangan strategik iqtisodiy yo‘nalishlarini namoyon qiluvchi muhim sammitga aylandi. Investisiya muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning yangi drayverlarini joriy etish bo‘yicha to‘rtta asosiy yo‘nalish belgilandi. Birinchisi – “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, ikkinchi yo‘nalish – raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt, uchinchi yo‘nalish moliyaviy sektorni modernizatsiya qilish, to‘rtinchi yo‘nalish esa texnologik minerallarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni kengaytirishdan iborat. Prezident nutqida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Biz deputatlar forumda belgilab berilgan maqsad va ustuvor vazifalarga tayangan holda, ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.