🔷Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D.Azizbayeva tomonidan, Shirin shahar "Bunyodkor" mahallasida aholi muammolarini o‘rganish, mavjud muammolarni ijboiy hal etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
🔷 Uchrashuv davomida, Bunyodkor mahallasi 28-xonadonda istiqomat qiluvchi R. Namuratova farzandini to‘lov kontraktini to‘lab berish masalasida murojaat qoldirdi.
🔷 Fuqaroning murojaati deputat Azizbayeva Dilnoza Shokirovna tomonidan nazoratga olindi, Yoshlar ishlar Agentligi shahar bolimi boshlig‘i R.Shoimqulovga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yoshlar daftari jamg‘armasi hisobidan fuqaroning farzandini kontrakt to‘lovi to‘lab berildi. Murojaat ijobiy hal etildi.