Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

🔷 Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Danayev shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida deputat yoshlarga mamlakatda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar va kasb-hunar egallashdagi muhim jihatlar haqida so‘z yuritdi.

🔷 Uchrashuvda bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, oliy ta’limga kirish jarayonlari, stipendiyalar, yoshlar bandligi, hamda chet ellarda o‘qish imkoniyatlari haqida savollar berildi. Deputat har bir savolga atroflicha javob berdi va yoshlarga o‘z ustida ishlash, maqsad sari intilish muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 4