Boyqishloq mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan Boyqishloq mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Tashrif davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va hal etish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.