Mahallada jamoat xavfsizligi masalalari yuzasidan uchrashuv
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan Boyqishloq mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.