“G‘AMBUR” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugidan saylangan deputati S. To‘rayeva tashabbusi bilan “G‘ambur” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi markaziy ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirilib, hududning sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ishlar mahalla faollari hamda tegishli xizmatlar hamkorligida amalga oshirildi.