📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashida “Yettinchi chaqiriq” Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.
Majlis davomida 2 ta masala ko‘rib chiqildi. Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ko‘rib chiqilgan masalalar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi.