Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Saylovchilarga axborat berildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Z. Eshmurodova tomonidan “G‘urjak-1” va “Qulluqsho” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi saylovchilarga 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Axborot berish jarayonida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya hamda fuqarolarning murojaatlari ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi

Tadbir yakunida saylovchilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, bildirilgan masalalar deputat tomonidan nazoratga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 4