Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi “o‘n sakkizinchi” sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qo‘shma majlisda Kengash huzuridagi doimiy komissiyalar tomonidan jami 8 ta masala atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha mas’ullar va deputatlar tomonidan tegishli ma’ruzalar tinglanib, har bir masala yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, mazkur masalalarni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilab olindi.