Deputat mahalladagi muammolarni o‘rganib, deputatlik nazoratini o‘rnatdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hududi hamda undagi ijtimoiy obyektlar bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarni qiynab kelayotgan infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar va obodonlashtirish masalalari yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Ushbu masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.