DEPUTAT VA MAHALLA ETTILIGI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva “G‘urjak-1” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar, jumladan aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, ayollar muammolari hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolariga vazifalar taqsimlanib, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.