Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati S.Axmedova hamda tumani hokimi o‘rinbosari N.Qoraboyevalar boshchiligida tuman tibbiyot birlashmasida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida tibbiyot xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida jamoalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, kasbiy mas’uliyat va xizmat intizomiga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bunday davra suhbatlari tumandagi barcha ijtimoiy muassasalarda ham tizimli ravishda tashkil etilayotgani ta’kidlandi.