Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda

Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish maqsadida mas’ul rahbarlar tomonidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabulda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati A.Baxramov, tuman prokurori Z.Gaipov, tuman DSI boshlig‘i T.Ahmedov, hokim o‘rinbosari V.Mansurova hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.

Slide 1 of 4