Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan madaniyat markazi kutubxonasi holati o‘rganildi

📚Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova tomonidan Chinoz tumani 47-son “Eski Toshkent” Madaniyat markazida o‘rganish ishlari olib borildi. 

📝Jarayon davomida Madaniyat markazi huzuridagi kutubxonaning joriy holati, moddiy-texnik bazasi, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

📖Deputat kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, zamonaviy axborot-resurslardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

📕Mazkur o‘rganish ishlari madaniyat va ma’rifat maskanlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning sifat va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3