Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati To‘rayeva Saxovat G‘aniyevna tomonidan “G‘ambur” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglandi, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda saylovchilarga huquqiy maslahatlar taqdim etildi.