Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13- Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Saidova Nigora Rajabboyevna tomonidan “Balxiguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi va tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglandi, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda saylovchilarga huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

Slide 1 of 3