Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan saylovchilar bilan uchrashuv
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni etib belgilangan bo‘lib, ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Mazkur kunning asosiy maqsadi — aqlan va jismonan imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati K. Xashimova o‘z hududidagi nogironligi bo‘lgan saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida deputat ularning holidan xabar oldi, mavjud muammolarini tingladi hamda zarur yordam ko‘rsatish masalalarini o‘rganib chiqdi.