✅ Oltinsoy tumanida “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning Mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati va Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari A.Oripov, X.Xo‘jaqulov hamda tuman prokuraturasi xodimi ishtirokida Oltinsoy
tumanidagi “Olmazor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar — ichki ko‘chalarni asfaltlash, beton ustunlar o‘rnatish va yopiq kabellar tortish kabi masalalar muhokama qilindi.
Deputatlar tomonidan uchrashuvda mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati