Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
янв.21
Avazmalik mahallasida obodonchilik ishlari nazorat qilindi
янв.21
SHAHRISABZ TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi
янв.21
NAMUNA O‘RNIDAGI TOMORQA: PAPAYA VA BODRINGDAN DAROMAD
янв.21
“Oqdaryo” va “Bog‘ishamol” mahallarida yangi imkoniyatlar
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish

#Ish_reja_ijrosi
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati I.Yusupov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Alisher Sa’dullayev hamda "Milliy tiklanish" partiya guruhi vakillari ishtirokida 21-Hisor saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, imtiyozli kreditlar asosida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona tashkil etgan, chorvachilik, parrandachilik, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat boshlagan xonadonlar holati o‘rganildi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning bugungi faoliyati, daromadlari hamda kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.