Shahrisabz tumanida xalq vakillarining muammolarni hal etish va ijro organlari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish borasidagi faolligi keskin oshdi.
📊 Asosiy raqamlar:
Joriy yilning 1-choragi davomida jami 241 ta deputatlik so‘rovi yuborildi. Taqqoslash uchun, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 29 tani tashkil etgan (o‘sish 831%).
✅ Natijalar tahlili:
* 159 ta muammo o‘zining ijobiy yechimini topdi;
* 54 ta so‘rov ayni damda o‘rganish va ijro jarayonida;
* 25 ta so‘rovga javob berish muddati kechiktirilgan;
* 5 ta so‘rov bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlar tomonidan javob berilmagan.
🌟 Eng faol deputatlarimiz:
Uzoqov Arslon – 20 ta so‘rov
Mamadiyorov Luxmonjon – 18 ta so‘rov
Qobilov Murotali – 14 ta so‘rov
Mirzoyev Zoir – 13 ta so‘rov