📌 Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi deputati Farida Yallaqodirova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Sa'dullayev bilan birgalikda "Qumqishloq" MFYdagi aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan unumli foydalanish jarayonlarini o‘rganishdi.
🌱 O‘rganishlar davomida Saloxiddin Fayzullayev xonadoni ko‘pchilikka o‘rnak qilib ko‘rsatildi. Bu yerda tashkil etilgan issiqxonada:
✅ Tropik papaya — O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan holda parvarishlanmoqda.
✅ Sershira bodringlar — bozorga sifatli mahsulot chiqarish maqsadida yetishtirilmoqda.
💬 “Har bir qarich yerdan unumli foydalanib, ham oilasini, ham bozorni ta’minlayotgan bunday mehnatkash insonlarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bu — oziq-ovqat xavfsizligi va qo‘shimcha daromad demakdir,” — deydi deputat F. Yallaqodirova.