Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Farida Yallaqodirova bosh mutaxassis Alisher Sa’dullayev bilan birgalikda hududdagi o‘rganishlari davomida “Qumqishloq” mahalla yoshlar yetakchisi Shaxboz Amirovning xonadonida bo‘ldi.
Tashrif davomida xonadon egasi tomonidan tashkil etilgan issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bugungi kunda bu yerda yetishtirilayotgan sarxil bodringlar nafaqat oila ehtiyoji, balki bozorlarimiz to‘kinligiga ham xizmat qilmoqda.
Deputat yoshlar yetakchisining mehnatsevarligi va tomorqadan unumli foydalanish borasidagi tajribasini yuqori baholab, bu kabi namuna barcha mahalla yoshlari uchun o‘rnak bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.