Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
янв.21
Avazmalik mahallasida obodonchilik ishlari nazorat qilindi
янв.21
SHAHRISABZ TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi
янв.21
NAMUNA O‘RNIDAGI TOMORQA: PAPAYA VA BODRINGDAN DAROMAD
янв.21
“Oqdaryo” va “Bog‘ishamol” mahallarida yangi imkoniyatlar
Tashabbusli byudjet asosida “Tog‘ay Murod” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda

Ana shunday loyihalardan biri Oltinsoy tumanining “Tog‘ay Murod” mahallasida amalga oshirilmoqda. Tashabbusli byudjet asosida moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida mahallaning ichki ko‘chalarini
asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
 

Mazkur bunyodkorlik ishlari xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, Kengash raisi A.Turdiyev tomonidan deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganilib, qurilish ishlarining belgilangan loyiha
va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
 

Hozirgi kunda mahalla ichki yo‘llarida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratilishi, mahalla infratuzilmasining yanada yaxshilanishi, transport qatnovining yengillashishi hamda hudud aholisining turmush sifati oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda. 

Mazkur loyiha fuqarolar tashabbusi, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va jamoatchilik nazoratining samarali uyg‘unligi natijasida hududlarni kompleks rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri hisoblanadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 3