Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Paxtachi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2026-yil vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun ajratiladigan cheklangan suv limitini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida mazkur yo‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.