Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
янв.21
Avazmalik mahallasida obodonchilik ishlari nazorat qilindi
янв.21
SHAHRISABZ TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi
янв.21
NAMUNA O‘RNIDAGI TOMORQA: PAPAYA VA BODRINGDAN DAROMAD
янв.21
“Oqdaryo” va “Bog‘ishamol” mahallarida yangi imkoniyatlar
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan.

Namangan shahar hokimligi tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq Qabulxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 63 nafar fuqaroning murojaatini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini atroflicha tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, 25 nafardan ziyod fuqarolarning masalasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi, fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hokimlik tomonidan aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularni tizimli ravishda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 10