Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
янв.21
Avazmalik mahallasida obodonchilik ishlari nazorat qilindi
янв.21
SHAHRISABZ TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi
янв.21
NAMUNA O‘RNIDAGI TOMORQA: PAPAYA VA BODRINGDAN DAROMAD
янв.21
“Oqdaryo” va “Bog‘ishamol” mahallarida yangi imkoniyatlar
Termiz tumanida ichimlik va oqova suvi ta’minoti loyihalari davom etmoqda

Termiz tumanida ichimlik va oqova suvi ta’minoti loyihalari davom etmoqda

Termiz tumanida Islom Taraqqiyot Banki ishtirokidagi xalqaro loyiha doirasida bir qator mahallalarda infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda. Hozirgi kunda 5 ta mahallada 23 ta subloyiha amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, deputat G. Shafoatova, bosh mutaxassis T.Murodov hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari loyihalarning ijrosini yaqindan kuzatmoqda.

Jumladan, Yangihayot va Uchqizil mahallalarida ichimlik va oqova suvi tizimini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Nasoslar o‘rnatildi, suv ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinmoqda va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish nazorat qilinmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi – mahallalarda barqaror va sifatli ichimlik suvi ta’minoti, oqova suvlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va infratuzilmani mustahkamlash.

Xalq deputatlari va mas’ul tashkilotlar loyiha ijrosini doimiy nazorat qilib, aholi ehtiyojlari va loyihalarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlamoqda.

Slide 1 of 6