Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Burchmullo” mahallasida “Ochiq budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida fuqarolar tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan 2891 metr uzunlikdagi mahalla ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida loyiha doirasida yo‘l qurilishi va asfaltlash ishlari mahalla aholisi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari va boshqa muhim manzillarga olib boruvchi yo‘llarda amalga oshirilganligi, bu o‘z o‘rnida fuqarolarning kundalik hayotida qulaylik yaratib, transport qatnovini yaxshilashga olib kelishi ma’lum qilindi.

🔺O‘rganish davomida asfaltlashtirish ishlari loyiha talablariga muvofiq bajarilganligi, asfalt qoplamasining kengligi va qalinligiga e’tibor qaratildi. Mazkur loyiha aholining bevosita tashabbusi asosida amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lib, uning to‘liq va sifatli yakunlanishi mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3