Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat, tuman hokimi J.Axmedov tomonidan saylov okrugidagi “Boymirzayev”, “Uyenkulsay”, shuningdek, “Sari-Qangli” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔺Tadbir davomida mahalla aholisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning holati, ta’mirtalab ko‘chalarni obodonlashtirish va ta’mirlash, shuningdek, aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatlarni batafsil tinglanib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, aniqlangan muammolarni tegishli dastur va manzilli rejalarga kiritish hamda ularning ijrosini nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.

🔺Shu bilan birga, tadbir davomida joriy yilning 21-may kuni sodir bo‘lgan sel toshqini oqibatida talafot ko‘rgan fuqarolarga moddiy yordam mablag‘lari topshirildi. Ushbu yordam tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning og‘irini yengil qilish va yuzaga kelgan zararlarni bartaraf etishga ko‘maklashishga qaratildi. Moddiy yordam mablag‘larini topshirish jarayonida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning hozirgi holati va qo‘shimcha ehtiyojlari ham o‘rganildi.

🔺Tadbir yakunida bildirilgan har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmasligi, aholi ko‘targan masalalarning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi va amaliy natijalarga erishish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3