O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugidan saylangan deputat X.Fayzullayev o‘z saylov okrugida bo‘lib, mahalla faollari bilan mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan sayyor uchrashuvini o‘tkazdi. Fuqarorlar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi. Fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. Yozma murojaatlar deputatlik so'rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.