Senator Bobanazarova Jamila Xolmurodovna Sharof Rashidov tumanining Qangli mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputatlari Akbarova Shoira Uktamovna, Saparov Shuxrat Kumakboyevichlar bilan mazkur mahallaning “mahalla yettiligi” hamda mahalla faollari bilan uchrashuvlar о‘tkazdi. Mahallada aholi muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash bо‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.