26-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik kо‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish , O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining tumandagi ijrosi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ijrosi to‘g‘risidagi va yana bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqilib tegishli qarorlar qabul qilindi.