2025-yil 30-yanvar kuni Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi VII-chaqiriq IV-sessiyasi o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyada Sharof Rashidov tumanida sektor rahbarlari tomonidan 2024-yilning о‘tgan davri davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qо‘llab-qо‘vvatlash borasida olib borilgan ishlar tо‘g‘risidagi hisobotlari, tuman prokurorining tuman prokuraturasi tomonidan 2024-yil 12 oyi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti, 2024-yilning о‘tgan davri davomida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risida tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti, 2025-yilda Sharof Rashidov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi kabi yana bir qator muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.