Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi

Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan tumani Kengashining Ijtimoiy himoya, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari hamkorlikda tumandagi Sport maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida maxsus tayyorlangan savolnoma asosida muassasada yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul shaxs faoliyati, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yillik va choraklik rejalarning amalga oshirilishi hamda qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoshlar va xodimlarga yetkazish ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonun ijrosini ta’minlash holati tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3