Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!

Ushbu yutuq munosabati bilan institut rektori Muhiddin Po‘latov nomiga Sankt-Peterburg davlat universiteti hamda Sankt-Peterburg shahri tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakili tomonidan tashakkurnoma yo‘llanib, institutning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi.

Xalqaro tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Olim Mamayunusovich Pardayev tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari g‘oliblarga topshirildi.

Deputat Olim Pardayev yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni xalqaro maydondagi tanlov va loyihalarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish hamda zamonaviy bilim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Bunday yutuqlar mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bo‘lib, yoshlarning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.

G‘olib talabalarni, ularning ustozlarini hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Mamayunusovich Pardayevni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz!

Slide 1 of 2