Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida un, non, go‘sht, sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narxlari tahlil qilinib, savdo rastalarida mahsulotlar yetarliligi hamda aholiga uzluksiz yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mahsulotlar narxining barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishlarining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi va savdo jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 5