Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!

    Qonunning asosiy maqsadlari:
bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash;
ularning sog‘lig‘i va ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborot tarqalishining oldini olish;
bolalarning xavfsiz axborot muhitidan foydalanish huquqini kafolatlash;
ota-onalar, ta’lim muassasalari va axborot tarqatuvchilarning mas’uliyatini oshirish.

️ Bolalar uchun zararli axborotlarga quyidagilar kiradi:
zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallar;
giyohvandlik, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi axborot;
o‘z joniga qasd qilish yoki noqonuniy xatti-harakatlarni targ‘ib etuvchi materiallar;
yoshiga mos bo‘lmagan, axloqiy me’yorlarga zid kontent;
bolalarning ruhiy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa axborotlar.

Har birimizning vazifamiz:
bolalarning internet va ommaviy axborot vositalaridan xavfsiz foydalanishini nazorat qilish;
foydali va ishonchli axborot manbalarini tavsiya etish;
farzandlar bilan ochiq muloqot qilish va ularning media madaniyatini rivojlantirish;
xavfsiz axborot muhitini yaratishga hissa qo‘shish.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi barcha ota-onalar, pedagoglar va keng jamoatchilikni bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni zararli axborotlardan himoya qilish va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda faol bo‘lishga chorlaydi.

Farzandlarimizni asraylik — ularning sog‘lom, bilimli va baxtli kelajagi uchun birgalikda mas’ul bo‘laylik! 🌱