Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “Bozdun” OFYdagi 2-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza holati hamda qonun talablarining amaliy ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Mazkur o‘rganishlar ta’lim sohasida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4