Nurafshon MFY: Aholiga bepul dori-darmonlar yetkazib berilishi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida hududlardagi tibbiy xizmat sifati va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari yuzasidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Bu galgi tahliliy va tanqidiy o‘rganishlar tumandagi "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Oila shifokorlik punktida (OShP) tashkil etildi. Ishchi guruhning asosiy maqsadi — davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilayotgan bepul dori-darmon vositalarining o‘z vaqtida, shaffof va manzilli yetkazib berilishini ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi.
O‘rganishlar "24 ta tavsiya" asosida olib borildi.