Новости

Последние новости

янв.21
KENGASH RAISI FAOLIYATI: XALQ BILAN MULOQOT
янв.21
Bola huquqlarini ta’minlash va qonunchilik ijrosi to‘g‘risida
янв.21
MAHALLALARDA SPORT INFRATUZILMASI VA MAKTABLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
O‘rmonlar — tabiatning bebaho ne’mati va kelajak avlodlar uchun muhim meros
янв.21
Nurafshon MFY: Aholiga bepul dori-darmonlar yetkazib berilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
янв.21
Deputat M.Mamurjonova “Bobotog‘” mahallasida:
янв.21
“Chaqar” mahallasidagi muammoa deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sh.Raxmonov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi A.Gʻafforovga deputat soʻrovi yuborildi.
Bola huquqlarini ta’minlash va qonunchilik ijrosi to‘g‘risida

Bola huquqlarini ta’minlash va qonunchilik ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2025-yil 19-dekabrda qabul qilingan Bolalar ombudsmanining 2025-yildagi faoliyati hamda davlat organlari tomonidan bola huquqlariga oid qonunchilikka rioya etilishi holati to‘g‘risidagi SQ-290-V-sonli qarori haqida

Ushbu tahliliy hisobot davridagi davlat tizimida amalga oshirilgan monitoring va huquqiy ta’sir choralari ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:

🟢Davlat organlari faoliyatida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 3 ta taqdimnoma, 2 ta ogohlantirish hamda 7 ta xulosa rasmiylashtirilgan. Bolalarga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha 23 ta jinoiy hamda 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Sohadagi milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida 54 ta qonun hujjatiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sudlardan kelib tushgan 530 ta xabarnoma qat’iy nazoratga olinib, ta’sirchan choralar ko‘rilgan.

🟢Respublika bo‘yicha jami 81 253 nafar bola joylashtirishning muqobil shakllarida tarbiyalanmoqda. Mazkur toifadagi bolalarning 6 585 nafari chin yetim, 5 290 nafari esa ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslardir. Ota-onasi uzoq muddatga chet elga ketganligi sababli 69 378 nafar bolaga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan. Tizimda 310 ta oilaviy bolalar uyi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda 608 nafar bola qonuniy tarbiyalanmoqda. Xorijiy davlatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida nazoratsiz qolgan 115 nafar voyaga yetmagan shaxs O‘zbekistonga qaytarilgan. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganligi uchun 608 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

🟢Bolalar ombudsmani nomiga jami 1 934 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 84 foizga ortgan. Murojaatlarning 773 tasi turli ijtimoiy-huquqiy masalalarga, 758 tasi ijtimoiy huquqlarga, 355 tasi shaxsiy huquq va erkinliklarga hamda 48 tasi iqtisodiy-ekologik masalalarga taalluqlidir.

🟢Eng yuqori murojaat ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (470 ta), Surxondaryo viloyati (254 ta) va Toshkent viloyatiga (236 ta) to‘g‘ri keladi. Murojaatlarning 509 tasi ijobiy hal etilgan, 708 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Tahlillar yuzasidan davlat tashkilotlariga jami 1 593 ta rasmiy so‘rovnoma kiritilgan.

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida pedagoglar tomonidan bolalarga nisbatan 44 ta tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Sudlar tomonidan voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik qilish holatlari bo‘yicha 937 nafar shaxsga oid jinoiy ishlar ko‘rib chiqilgan.

🟢Sog‘liqni saqlash tizimida 403 ta shifokorlik hamda 141 ta oilaviy shifokorlik o‘rinlari vakant bo‘lib qolgan. Ayrim hududiy ta’lim muassasalarida autsorsing korxonalari tomonidan "Yagona mavsumiy taomnoma" talablariga rioya etilmasligi oqibatida ommaviy zaxarlanish holatlari kuzatilgan. Bugungi kunda ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinmagan nogironligi bo‘lgan bolalar soni 22 329 nafarni tashkil etmoqda. Aliment to‘lovlaridan qasddan bo‘yin tovlagan 16 163 nafar shaxs ma’muriy, 1 283 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

🟢Oliy sudga bola tarbiyasi va vasiylik nizolarida bolaning ustun manfaatlarini to‘liq inobatga olish vazifasi yuklatildi. Ichki ishlar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga bolalarni kiberbulling hamda internetdagi zararli axborotlardan himoya qilish tizimini yaratish topshirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ruhiy nosog‘lom ota-onalar farzandlarini erta aniqlash va manzilli profilaktik chora-tadbirlar belgilash vazifasi yuklatildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga muassasalarda ovqatlanish sifati hamda "Bolalar bog‘chasi" axborot tizimidagi navbatlarni qat’iy tartibga solish majburiyati yuklatildi.

🟢Ushbu Qaror ijrosi respublika miqyosida bola huquqlarini kafolatli ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.