Новости

Последние новости

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanovning saylov okrugida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari holatini o‘rganish maqsadida nazorat tadbiri tashkil etildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari X.Tavasharov, A.Narmuradov va kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, sanitariya-tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 5