Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 18-O‘zbekiston saylov okrugi deputati L.Karimova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Abay mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning holati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida mazkur oilalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning mavjud muammolari hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🏠 Xonadonlarga tashrif davomida oilalarning kundalik turmush sharoiti, ehtiyoj va muammolari bilan yaqindan tanishilib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
💬 Shuningdek, fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlardan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlardan xabardor bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish orqali aholi farovonligini yanada oshirishdan iborat.
🌿 Har bir oila e’tiborda, har bir murojaat muhim!