Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi T. Xaydarov tomonidan mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar, xususan, issiq va sovuq suv ta’minoti hamda elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolarning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv va elektr energiyasi ta’minotining holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlari tahlil qilindi.

💧 Suv ta’minoti bo‘yicha ichimlik va issiq suvning uzluksiz yetkazib berilishi, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

⚡️ Elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan esa elektr tarmoqlarining holati, ta’minotdagi uzilishlar, kuchlanish bilan bog‘liq muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga qulay shart-sharoit yaratish va kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🏘 Aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish — doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 4